6-Noyabr 2025-yil

Unda O'zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ham ishtirok etdi.
Xalqaro forum doirasida "Energiya xavfsizligi va barqarorligini diversifikatsiya qilish orqali mustahkamlash" mavzusida vazirlarning davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirlar doirasida BAA Sanoat va ilg'or texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir, Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, "Masdar", "AMEA Power", "Etihad Waters". "XRG", "Global South Utilities", "Siemens Energy" (Germaniya), "Honeywell Global Regions", "Honeywell Process Solutions" va "SLB" (AQSH), "BP" (Buyuk Britaniya) hamda boshqa hamkor kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Uchrashuvlarda O'zbekiston va BAA o'rtasida "yashil" energetika va neft-gaz sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda "Masdar" kompaniyasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda umumiy quvvati 1 247 MVt bo'lgan 5 ta quyosh va 500 MVt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli 1 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirilgani va barqaror "yashil" energiya ishlab chiqarayotgani alohida ta'kidlandi. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Forum doirasida BAAning "Masdar" kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 300 MVt/600 MVt·soat va "AMEA Power" kompaniyasi bilan 200 MVt/800 MVt·soat quvvatli 2 ta energiya saqlash tizimini qurish bo'yicha shartnomalar imzolandi.
