7-Mart 2026-yil



Bugun "O'zenergosotish" AJda 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda xotin-qizlar e'tibor markazda bo'lib, ularga bayramona sovg'alar topshirildi va eng samimiy tilaklar bildirildi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, "O'zenergosotish" AJda xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgan bo'lib, ularni qo'llab-quvvatlovchi va qulay muhit ta'minlangan.
Shu bois, Jamiyatda xotin-qizlar faol mehnat qilib, o'z salohiyatini to'liq namoyon etgan holda tashkilot faoliyatida munosib va muhim o'rin egallab kelmoqdalar.
Barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklaymiz!





