Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

“O‘zenergosotish” AJ xalqaro ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

4-Sentyabr 2025-yil

logo
logologo

“O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati “SERT International” xalqaro tashkiloti tomonidan mustaqil auditdan o‘tkazildi. Audit jarayonida Jamiyatning boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish bo‘yicha amaliyotlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi batafsil o‘rganildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra barcha jarayonlar xalqaro standartlarga to‘la mosligi tasdiqlandi.

Shuni inobatga olib, Jamiyat - Korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimiga egaligini tasdiqlovchi - ISO 37001:2016; - Komplaens muvofiqlik menejmenti tizimi yo‘lga qo‘yilganligini anglatuvchi - ISO 37301:2016; - Sifat menejmenti tizimiga egaligini bildiruvchi - ISO 9001:2016 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Ushbu xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish - hamkorlarning moliyaviy operatsiyalari xavfsizligi ta’minlanganligi, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplaens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini ko‘rsatadi.

logo
«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati