Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

12-Noyabr 2025-yil

ENACT Majlis va ADIPEC-2025 forum

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoyning “China Datang” kompaniyasi partiya qo‘mitasi kotibi va direktorlar kengashi raisi Lyu Jun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zenergosotish” AJ Boshqaruv raisi ham ishtirok etdi. Uchrashuvda “China Datang” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirayotgani alohida ta’kidlandi.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 263 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu “yashil” stansiya bugungi kunda barqaror energiya ishlab chiqarmoqda. Mazkur loyiha orqali yiliga 575 mln kVt·soat elektr energiya ishlab chiqarilib, 154 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Vazirlarning davra suhbati

Uchrashuvlar

Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistonda kadrlar malakasini oshirish, energetika sohasida joriy etilayotgan eng ilg‘or tajribalarni mahalliy mutaxassislarga o‘rgatishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, Bo‘ka tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qoshida “Energetika sohasida innovasion texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etilmoqda.

Uchrashuv doirasida Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati