16-Yanvar 2025-yil
Jamiyatda rahbar xodimlar hamda mutaxassislar uchun muntazam ravishda o‘quv-treninglar tashkil qilish va turli stajirovkalarni o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, har hafta tashkil etiladigan iqtisodiy o‘qish-mashg‘ulotlari shular jumlasiga kiradi.Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘qishda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni haqida so‘z bordi.
Jamiyatning Komplaens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi Farhod Tojiboyev tomonidan olib borilgan o‘qish-mashg‘ilotida dastlab ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Insoniyat orasida, xalqimiz o’rtasida odamiylik, birdamlik aslo yo’qolmasin. Bemorlarning dardiga chin ko‘ngildan shifo tilaymiz” - deydi faxr bilan xayriya aksiyasida ishtirok etgan “O‘zenergosotish” AJ xodimlari.