5-Dekabr 2025-yil

Ayni kunlarda “O‘zenergosotish” AJning 8 nafardan iborat rahbar xodimlari hamda mutaxassislari Rossiya Federatsiyasida “ISO-9001, 45001, 14001, 50001, 31000 xalqaro standartlari asosida integratsiyalashgan menejment tizimlari haqida rahbar xodimlari uchun maxsus tayyorlov kursi” mavzusidagi seminarda ishtirok etmoqda.




Mazkur seminar energetika va raqamli sohalardagi manfaatdor tomonlarga xalqaro ISO standartlarini joriy etish, samarali boshqaruv tizimlarini barpo etish, risklarni va biznes jarayonlarni boshqarish, maqsadlarni belgilash va strategiyani ishlab chiqish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni boshqarish, rentabellikni tahlil qilish hamda xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy transformatsiyani amalga oshirish maqsadida amaliy ma’lumotlar va resurslar taqdim etishga qaratilgan.


Seminar joriy yilning 29-noyabridan 7-dekabrigacha Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida davom etadi va uning natijasi bo‘yicha ishtirokchilarga Yevropa sertifikati beriladi.