4-Dekabr 2025-yil

“O‘zenergosotish” AJda O‘zbekiston Respublikasi Ko ynstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Unda taniqli jurnalist va yozuvchi Nurali Oripov ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi muhim o‘zgartirishlar, xususan inson huquqlari, ijtimoiy adolat, mahalliy boshqaruv, mehnat munosabatlari va fuqarolarning asosiy kafolatlariga oid yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Konstitutsiyadagi har bir norma inson qadri va manfaatini ulug‘lashga qaratilgani, davlat boshqaruvida ochiqlik va javobgarlikni kuchaytirishga xizmat qilishi e‘tirof etildi.



Shuningdek, Konstitutsiya kunining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi ahamiyati ta’kidlandi. Asosiy qonunimiz – davlatimizning mustahkam poydevori ekani, unda belgilangan normalar esa kelajak avlodlar uchun ishonchli huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.