Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

“O‘zenergosotish” AJda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

24-Noyabr 2025-yil

Vazirlarning davra suhbati

“O‘zenergosotish” AJda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati va boshqa me’yoriy hujjatlardagi korrupsiyaga qarshi kurashishga, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

ENACT Majlis va ADIPEC-2025 forum
Yashil energetika loyihalari
Uchrashuvlar

Shuningdek, Jamiyat xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, faoliyat davomida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilish lozimligi hamda jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali vositasi ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi holatlar, bunday vaziyatlarda xodimning huquq va majburiyatlari, oldini olish choralari hamda javobgarlik turlari haqida ma’lumot berildi.

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati