Sayt sinov rejimi ostida ishlamoqda...

Logo

Axborot xizmati

“O‘zenergosotish” AJ — ISO standartlari asosida barqaror rivojlanish!

21-Yanvar 2026-yil

Vazirlarning davra suhbati

“O‘zenergosotish” AJda ISO xalqaro standartlarini joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, ISO 50001, ISO 31000, ISO 9001, ISO 45001 va ISO 14001 kabi standartlar Jamiyat boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishda asosiy mezon hisoblanadi. Jamiyatning mas’ul xodimlari ayni kunlarda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida CERT Academy tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etib, bu yo‘nalishdagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun xorijiy tajribani o‘rganmoqda.

ENACT Majlis va ADIPEC-2025 forum
Yashil energetika loyihalari
Uchrashuvlar

Xorijiy tajribani o‘zlashtirish orqali: • ISO standartlarini joriy etish jarayoni tezlashadi; • Xatolar va qayta ishlashlar qisqaradi; • Jamiyatda sifat va xavfsizlik madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi; • Jamiyatda raqamlashtirish tezlashadi; • Boshqaruv qarorlarining strategik darajasi oshadi; • Xalqaro sheriklik va loyiha imkoniyatlari kengayadi.

Yashil energetika loyihalari
Uchrashuvlar

O‘quv yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshiriladi hamda ularning malaka darajasi oshiriladi.

«O'zenergosotish» AJ Axborot xizmati