27-Fevral 2026-yil



"O'zenergosotish" AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov Samarqandda amaliyot o'tayotgan Shirin energetika texnikumi talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning energetika sohasiga qiziqishini qo'llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amaliyot o'tash va kelgusida ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan Sazagan solar-1 va Sazagan solar-2 stansiyalarida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni ko'zdan kechirildi. Loyihalarning amalga oshirilish holati o'rganilib, mavjud taklif va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.


