24-Fevral 2026-yil



"O'zenergosotish" AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi.
Safar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan stansiyalardagi ishlar o'rganildi. Loyihalarning amalga oshirilishi, texnik holati va xizmat ko'rsatish sifati tahlil qilindi.
Shuningdek, hududiy bo'linmalarda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur muhitni shakllantirish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bundan tashqari, debitor qarzdorliklarni undirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Xizmat safari davom etmoqda.

