23-Fevral 2026-yil



2026-yil 5–6-fevral kunlari «CERT International" xalqaro sertifikatlashtirish organi ekspertlari tomonidan Jamiyat faoliyatida keng ko'lamli audit o'tkazildi.
Audit yakunlariga ko'ra, «Elektr energiyasini xarid qilish va sotishni boshqarish" sohasidagi biznes-jarayonlar quyidagi xalqaro standartlar talablariga to'liq muvofiq deb topildi:
ISO 14001:2015 — Ekologik menejment
ISO 45001:2018 — Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
ISO 50001:2018 — Energomenejment
ISO 26000:2010 — Ijtimoiy mas'uliyat
ISO 31000:2018 — Risk-menejment (xavf-xatarlarni boshqarish)
ISO 44001:2017 — Ishbilarmonlik munosabatlarini boshqarish tizimi
Bugun "O'zenergosotish" AJ Boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov mazkur sertifikatlarni qabul qilib oldi.
Mazkur xalqaro e'tirof quyidagi muhim natijalarni ta'minlaydi:
🔹 Korporativ boshqaruv tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish
🔹 Risklarni samarali aniqlash va boshqarish orqali barqarorlikni oshirish
🔹 Ekologik mas'uliyat va energiya samaradorligini kuchaytirish
🔹 Xodimlar mehnat xavfsizligi va salomatligini ta'minlash
🔹 Ishbilarmonlik munosabatlarida shaffoflik va ishonchni mustahkamlash
🔹 Investorlar va hamkorlar uchun jozibadorlikni oshirish shular jumlasidan.
"O'zenergosotish" AJ kelgusida ham faoliyat samaradorligini oshirish, sifat va barqaror rivojlanish tamoyillariga qat'iy amal qilgan holda energetika sohasida islohotlarni izchil davom ettiradi.
